locale OZ

Timur Kapadze “Paxtakor”ga murabbiylik qilishi mumkin

Terma jamoadagi lavozimini topshirishi kutilgan mutaxassisning yangi manzili aniqlanmoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Ayni paytda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi kutilayotgan portugaliyalik Paulo Bentu Toshkentda bo‘lib turibdi.

Shundan so‘ng Timur Kapadze o‘z o‘rnini xorijlik mutaxassisga topshirishi mumkin. Ammo Kapadzening faoliyatida uzoq tanaffus bo‘lmasligi aytilmoqda. Manbalarga ko‘ra, 43 yoshli murabbiy Toshkentning “Paxtakor” klubi boshqaruvini qabul qilib olishi ehtimoldan yiroq emas.

Timur Tohirovich bugungacha klub darajasida “Lokomotiv” va “Olimpik” jamoalarida faoliyat yuritgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting