Timur Kapadze: O‘zbekiston – Qatar uchrashuvini Prezident ham kuzatadi
Rasm: upl.uz
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze jahon chempionati saralashining hal qiluvchi bosqichi doirasida Qatarga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan matbuot anjumani o‘tkazdi. Uchrashuv 10 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
«Har qancha barcha masala hal qilingandek tuyulsa-da, bu oson o‘yin bo‘lmaydi. Mamlakatimiz Prezidenti ham stadionga tashrif buyuradi — bu esa bizga alohida mas’uliyat yuklaydi», — dedi Kapadze.
Bosh murabbiyning ta’kidlashicha, Qatar kuchli raqib hisoblanadi. Shu bilan birga, u O‘zbekiston jamoasi ayni paytda qatarliklardan barcha asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustun ekanini qayd etdi.
Bakradze Iman
Redaktor