Til Mavretich – «Dinamo» futbolchisi
“Dinamo” PFK 2026 yilgi yangi mavsum oldidan navbatdagi yangi legioner bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qiladi.
Dubayda yig‘in o‘tkazayotgan jamoamiz safiga Til Mavretich kelib qo‘shildi. 28 yoshli sloveniya yarimhimoyachisi bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Mavretich so‘nggi uch mavsumni Estoniya futboli grandi “Levadia” safida o‘tkazib, chempionat, kubok, YECHL va Yevropa Konferensiya ligasi saralash bahslarida jami 102 o‘yinda maydonga tushgan. Jumladan, so‘nggi 2025 yilgi mavsumda 30 o‘yinda 2 ta gol va 3 ta assist qayd etgan.
Markaziy yarimhimoyachi faoliyati davomida Sloveniya klublari “Interblok”, “Gorica”, “Tabor Sejana”, Italiya C seriyasi vakili “Monopoli” klublarida ham faoliyat olib borgan.
Ma’lumotnoma:
Til Mavretich
Tug‘ilgan joyi: Lyublyana, Sloveniya.
Tug‘ilgan sanasi: 1997-yil 19-noyabr
Ampluasi: Yarimhimoyachi.