locale OZ

Tiago Silva Yevropaga qaytmoqchi — Romano

41 yoshli futbolchi hozirda «Fluminense» safida toʻp surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tiago Silva Yevropaga qaytmoqchi — Romano
FOTO: Getty Images

«Fluminense» klubi himoyachisi, 41 yoshli braziliyalik Tiago Silva yana Yevropaga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tajribali futbolchi Yevropaga erkin agent maqomida o‘tish variantini ko‘rib chiqmoqda. Silva oilasiga yaqinroq bo‘lishni istamoqda va aynan Yevropa uning uchun asosiy ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.

Tiago Silva 2024 yildan buyon «Fluminense» safida to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo‘ljallangan. Faoliyati davomida himoyachi «Chelsi», «PSJ», «Milan», «Portu» hamda boshqa bir qator klublar sharafini himoya qilgan.

Joriy mavsumda Tiago Silva barcha musobaqalarda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting