The Athletic JCh-2026'ning eng yaxshi futbolchilari reytingini yangiladi
The Athletic nashri 2026-yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchilari reytingini yangiladi.
Reytingning birinchi pog‘onasida Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi qoldi. Ikkinchi o‘rinni Fransiya hujumchisi Kilian Mbappe egallagan. Har ikki futbolchining avvalgi reytingdagi o‘rni o‘zgarmagan.
Angliya yarim himoyachisi Jud Bellingem to‘rt pog‘onaga yuqorilab, uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Harri Keyn bir pog‘ona pastlab, to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Norvegiya hujumchisi Erling Holand beshinchi pog‘onada qayd etildi.
Fransiyalik Maykl Olise oltinchi o‘rinni saqlab qoldi. Uning jamoadoshi Usmon Dembele esa to‘rt pog‘onaga ko‘tarilib, yettinchi o‘ringa joylashdi.
JCh-2026ning eng yaxshi futbolchilari reytingi:
- Lionel Messi — o‘zgarishsiz
- Kilian Mbappe — o‘zgarishsiz
- Jud Bellingem — 4 pog‘ona yuqoriladi
- Harri Keyn — 1 pog‘ona pastladi
- Erling Holand — 1 pog‘ona pastladi
- Maykl Olise — o‘zgarishsiz
- Usmon Dembele — 4 pog‘ona yuqoriladi
- Ashraf Hakimi — 3 pog‘ona pastladi
- Vinisius Junior — 1 pog‘ona pastladi
- Emerik Laport — 1 pog‘ona pastladi.
Mazkur reyting JCh-2026 yarim final uchrashuvlari oldidan e’lon qilingan bo‘lib, futbolchilarning turnirdagi umumiy o‘yini va jamoasiga qo‘shgan hissasi asosida shakllantirilgan.