locale OZ

The Athletic JCH-2026ning eng kuchli futbolchilari reytingini e'lon qildi

Reytingning birinchi pog'onasini Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi egalladi.
The Athletic JCH-2026ning eng kuchli futbolchilari reytingini e'lon qildi
ФОТО: Getty images

The Athletic nashri 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/16 final bosqichi yakunlariga ko'ra turnirda ishtirok etayotgan eng kuchli 50 nafar futbolchi reytingini e'lon qildi.

Reytingning birinchi pog'onasini Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi egalladi. Hujumchi turnirdagi har bir uchrashuvda gol urishga erishgan va hozirga qadar o'z hisobiga 7 ta gol yozdirib qo'ygan.

The Athletic talqiniga ko'ra, JCH-2026 1/16 finalidan keyingi eng kuchli 10 futbolchi:

1. Lionel Messi (Argentina)

2. Kylian Mbappe (Frantsiya)

3. Michael Olise (Frantsiya)

4. Harry Kane (Angliya)

5. Ashraf Hakimi (Marokash)

6. Vinisius Junior (Braziliya)

7. Erling Haaland (Norvegiya)

8. Ousmane Dembele (Frantsiya)

9. Ismoil Saibari (Marokash)

10. Bruno Guimaraes (Braziliya)

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting