Tezkor! Oston O'runov yana jarohat oldi
FОТО: www.tasnimnews.com
Eron Fors ko‘rfazi pro-ligasi
18.04.2025, Yak.
Persepolis
0
Sepahan
2
Ayni daqiqalarda Eron chempionatining 28-turidan o'rin olgan “Persepolis” - “Sepahon” o'rtasidagi bahsning birinchi bo'limi yakunlandi. Hozirda mehmonlar 0:2 hisobida oldinda bormoqda.
Afsuski, hamyurtimiz Oston O'runov dastlabki bo'limda jarohat olib, maydonni erta tark etdi. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, O'runovning eski jarohati yana bezovta qilib qolgan.
Ma'lumot uchun, “Persepolis” Eron chempionati turnir jadvalida 51 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda. “Sepahon” esa 56-ochko bilan 2-o'rinni band etgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist