Ter-Shtegen \"Chelsi\"ga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images
“Chelsi” “Milan” bilan fransiyalik darvozabon Mayk Menyanning transferi borasida kelishuvga erisha olmadi.
Caught Offside xabariga ko'ra, "aristokratlar" yangi variantlar ustida ishlamoqda.
Jamoaning asosiy e'tibori Kataloniyaning "Barselona" klubida to'p tepayotgan nemis darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenga qaratilgan.
Avvalroq “Galatasaroy” ham Ter-Shtegen bo'yicha taklif bilan chiqqan, biroq u Turkiya Superligasi borish istagi yo'qligini ma'lum qilgandi.
Oldinroq matbuotda 33 yoshli darvozabon yozgi transfer oynasida "ko'k-anorranglilar"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist