Termiz shahrida o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi boshlandi
PHOTO: Telegram
Xabar berganimizdek, 5-7 may kunlari Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahri o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogiga mezbonlik qiladi.

Ushbu musobaqada 2008-2009-2010-yillarda tavallud topgan o‘smir dzyudochilar ishtirok etyapti. Termiz Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida o‘tkazilayotgan musobaqaning birinchi kuni o‘smirlar o‘rtasida -50, -55 kg, qizlarda esa -40, -44 va -48 kg vazn toifalarida g‘olib hamda sovrindorlar aniqlanadi.
Chempionat natijalarini sports24.uz da kuzatib boring
Ibrohim Jalolov
Redaktor