Ter Shtegen qiz farzandli bo'ldi
Amsterdamning “Ayaks” klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen va uning sevgilisi Ona Selyares farzandli bo‘ldi. Juftlikning qizi 26-avgust kuni Barselonada dunyoga kelgan. Bu haqda ular ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qilgan.
Chaqaloqqa Sofi deb ism qo‘yilgan. Bu ter Shtegen va Selyaresning birgalikdagi ilk farzandi bo‘ldi. Futbolchining avvalgi turmushidan ikki o‘g‘li — Ben va Tom bor.
Sofi dunyoga kelgan paytda ter Shtegen oilasida katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. Nemis darvozaboni yaqinda “Barselona”dan “Ayaks”ga o‘tgan va juftlik faoliyatidagi yangi bosqichni boshlash uchun Amsterdamga ko‘chib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli ter Shtegen “Ayaks” tarkibida yangi mavsumni boshlagan. U uzoq yillar davomida “Barselona” darvozasini himoya qilgan va Kataloniya klubi safida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.