locale OZ

Ter Shtegen qishda APLga yo‘l olishi mumkin

Uning "blaugrana"lar bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ter Shtegen qishda APLga yo‘l olishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenning xizmatlari Angliya Premer-ligasi klublariga taklif qilindi, deb xabar beradi TBR Football nashri.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar o‘z darvozabonining o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi va jahon chempionatiga tayyor bo‘lishi uchun yanvar oyida uni ijaraga berishga tayyor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ter Shtegen "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Vest Hem"dan taklif olgan. 33 yoshli futbolchi bu mavsumda birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi, chunki belidagi jarohatdan tiklanish davom etmoqda. Uning "blaugrana"lar bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting