Ten Hag «Bayer»dan qancha tovon puli olgani ma’lum
Фото: Getty Images
Erik ten Hag "Bayer"dan iste'foga chiqarilgani uchun deyarli 5 million yevro oldi. Bu haqda Sport Bild xabar berdi.
Avvalroq, Bundesliga klubi ikki turdan so‘ng murabbiyni iste’foga chiqargan edi.
Ten Hag kelishuvni buzgani uchun jarima sifatida 5 million yevrodan sal kamroq pul olgan.
Niderlandiyalik murabbiyning "Bayer" bilan shartnomasi 1 iyuldan kuchga kirgandi. Maosh va jarimalarni hisobga olgan holda, Ten Hag "Bayer"da ikki oylik faoliyati davomida taxminan 6 million yevro ishlab topdi — kuniga taxminan 100 ming yevro.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist