Temur Kapadzening terma jamoadagi taqdiri ma'lum bo‘ldi
Shuningdek, murabbiylar shtabida uch nafar italiyalik mutaxassis faoliyat yuritadi.
Фото: ЎФА
O‘zbekiston terma jamoasiga Fabio Kanavaro bosh murabbiy etib tayinlandi.
Endilikda terma jamoaning avvalgi mutaxassisi Temur Kapadze murabbiylar shtabida yordamchi sifatida ishlaydi.
Shuningdek, murabbiylar shtabida uch nafar italiyalik mutaxassis faoliyat yuritadi.
Aujenyo Albarella — yordamchi murabbiy, Troize Franchesko — jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy va Antonio Kimenti esa darvozabonlar murabbiyi sifatida Kanavaroga yordam beradi.
Hozir O‘FA binosida yangi bosh murabbiy ishtirokidagi matbuot anjumani boshlanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist