Temur Kapadze «Liverpul» stadioniga tashrif buyurdi (foto)
Terma jamoa bosh murabbiyining Angliyadagi safari davom etmoqda.
Фото: Temur Kapadze
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze bugun "Liverpul" stadioni "Enfild"ga tashrif buyurdi.
Kecha u “Manchester Siti” mashg‘ulotlarini kuzatgan edi. Shuningdek, jamoaning “Arsenal” va “Xaddersfild”ga qarshi o‘yinlarini bevosita stadiondan tomosha qilgan edi.
Temur Kapadze muhtasham stadion bilan yaqindan tanishdi. Stadionning ichki qismi, kiyinish xonasi, matbuot anjumani zali va boshqa joylarni ko‘zdan kechirdi.


Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist