Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lish arafasida turibdi – manba
Bir necha kun oldin u O‘zbekiston terma jamoasini tark etgandi.
Фото: ЎФА
O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasini boshqarishi kutilmoqda. Turli OAVlar tomonlar kelishuvga yaqinlashgani haqida xabar bermoqda.
Patrik Klyuyvert rasman lavozimini tark etganidan so‘ng, Indoneziya terma jamoasiga bosh murabbiylik mavzusi yana diqqat markaziga chiqdi.
O‘zbekiston terma jamoasining sobiq murabbiyi Temur Kapadze e’tibor markazida bo‘ldi, u agar Indoneziya Futbol Assotsiatsiyasidan rasmiy taklif oladigan bo‘lsa, Indoneziya terma jamoasini boshqarishga tayyor ekanini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Temur Kapadze O‘zbekiston terma jamoasidan ketganini e’lon qilgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist