Temmi Abraham «Aston Villa» futbolchisi (Romano)
Angliyalik hujumchi yana APLga qaytishga yaqin turibdi.
FOTO: Getty Images
Turkiyaning «Beshiktosh» klubi hujumchisi Temmi Abraham faoliyatini yana Angliya Premyer-ligasida davom ettiradi. 28 yoshli futbolchi «Aston Villa» safiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, «Aston Villa» va «Beshiktosh» o‘rtasida og‘zaki kelishuvga erishilgan. Avvalroq futbolchining shaxsiy shartnomasi shartlari ham kelishib olingandi.
Transfer summasi 21 million yevro + bonuslarni tashkil etadi. Shuningdek, Yasin Ozjan ham bitimga kiritiladi. Hozirda «Aston Villa« vakillari kelishuvni rasmiy yakunlash uchun Turkiyada bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Tammi Abraham avval ham «Aston Villa» sharafini himoya qilgan. Uning faoliyatida, shuningdek, «Chelsi», «Roma» va «Milan» klublari mavjud.
Nasrullo Karimov
Jurnalist