Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari: «Qizilqum», «Xorazm» va «Paxtakor» futbolchilari diskvalifikatsiya qilindi
Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.
Superliga
"Paxtakor" — "Qizilqum"
O‘zbekiston Superligasining 25-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" — "Qizilqum" uchrashuvining 50-daqiqasida "Qizilqum" jamoasi futbolchisi Roman Papariga to‘p uchun kurashda oyog‘i bilan raqib futbolchining oyog‘iga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Roman Paparigaga (Qizilqum) 3 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Uchrashuvning 90-daqiqasida "Paxtakor" jamoasi futbolchisi Hojiakbar Alijonov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan. Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Hojiakbar Alijonovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, "Qizilqum" jamoasi futbolchisi Shohruz Norkhonov hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan. Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shohruz Norkhonovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
"Andijon" — "Sho‘rtan"
Superliga chempionatining 25-turidan o‘rin olgan "Andijon" — "Sho‘rtan" uchrashuvining 90+2-daqiqasida "Andijon" jamoasi futbolchisi Erjan Tokatayev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Erjan Tokatayevga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Uchrashuvning 90+4-daqiqasida "Andijon" jamoasi futbolchisi Abdulvohid G‘ulomov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka oldi.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdulvohid G‘ulomovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
"Neftchi" — OKMK
Superliga chempionatining 25-turidan o‘rin olgan "Neftchi" — OKMK uchrashuvining 72-daqiqasida "Neftchi" jamoasi futbolchisi Boyan Tsiger o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Boyan Tsigerga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Uchrashuvning 86-daqiqasida "Neftchi" jamoasi futbolchisi Anvarjon G‘ofurov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Anvarjon G‘ofurovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
"Xorazm" — "Paxtakor"
O‘zbekiston Superligasining 26-turidan o‘rin olgan "Xorazm" — "Paxtakor" uchrashuvining 89-daqiqasida "Xorazm" jamoasi futbolchisi Shahrom Samiev to‘p uchun kurashda tirsagi bilan raqib futbolchisining yelkasiga zarba bergani, shuningdek, "Paxtakor" jamoasi futbolchisi Zaid Tahsin ham tirsagi bilan raqib futbolchisining yuziga zarba bergani uchun har ikkala futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shahrom Samievga (Xorazm) 2 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Zaid Tahsinga (Paxtakor) nisbatan esa 2 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
"Bunyodkor" — "Mash'al"
Superliga chempionatining 26-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" — "Mash'al" uchrashuvining 60-daqiqasida "Bunyodkor" jamoasi futbolchisi Amir To‘raqulov to‘p uchun kurashdan so‘ng yotgan holatda raqib futbolchisining qorin qismiga oyog‘i bilan zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Amir To‘raqulovga (Bunyodkor) 2 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
"Surxon" — "Andijon"
Superliga chempionatining 26-turidan o‘rin olgan "Surxon" — "Andijon" uchrashuvining 35-daqiqasida "Andijon" jamoasi futbolchisi Ismoil Akinade to‘p uchun kurashda raqib futbolchisining yuz qismiga qo‘li bilan zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ismoil Akinadega (Andijon) 2 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
"Navbahor lochinlari" — "Nasaf"
Superliga chempionatining 27-turidan o‘rin olgan "Navbahor lochinlari" — "Nasaf" uchrashuvining 68-daqiqasida "Nasaf" jamoasi murabbiyi Shuhrat Toshpo‘latov hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shuhrat Toshpo‘latovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
"Sho‘rtan" — OKMK
Superliga chempionatining 27-turidan o‘rin olgan "Sho‘rtan" — OKMK uchrashuvining 90+1-daqiqasida OKMK jamoasi futbolchisi Javohir Ilyosov hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Javohir Ilyosovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
"Neftchi" — "Surxon"
Superliga chempionatining 27-turidan o‘rin olgan "Neftchi" — "Surxon" uchrashuvidan so‘ng "Surxon" jamoasi texnik direktori Nurali Nurullaev hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nurali Nurullaevga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
"So‘g‘diyona" — "Qizilqum"
Superliga chempionatining 27-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" — "Qizilqum" uchrashuvining 17-daqiqasida "Qizilqum" jamoasi futbolchisi Shohruz Norkhonov hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shohruz Norkhonovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
"Mash'al" — "Qo‘qon-1912"
Superliganing 27-turidan o‘rin olgan "Mash'al" — "Qo‘qon-1912" uchrashuvining 82-daqiqasida "Qo‘qon-1912" jamoasi futbolchisi Abdug‘afur Haydarov hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdug‘afur Haydarovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Uchrashuvning 89-daqiqasida "Qo‘qon-1912" jamoasi futbolchisi Andro Giorgadze hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Andro Giorgadzega jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
O‘zbekiston Kubogi
"Paxtakor" — "Buxoro"
O‘zbekiston Kubogi finalidan o‘rin olgan "Paxtakor" — "Buxoro" uchrashuvining 103-daqiqasida futbolchilar o‘rtasida tartibsizlik yuzaga kelgan va rasmiylar maydonga chiqib ketgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, "Paxtakor" klubiga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Pro liga
"Olimpik" — "Jayhun"
Pro liga chempionatining 17-turidan o‘rin olgan "Olimpik" — "Jayhun" uchrashuvining 68-daqiqasida "Jayhun" jamoasi futbolchisi Azizbek Umirbekov to‘p uchun kurashda oyog‘i bilan raqib futbolchisining oyog‘iga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Azizbek Umirbekovga (Jayhun) 2 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
"FarDU" — "Aral"
Pro liganing 18-turidan o‘rin olgan "FarDU" — "Aral" uchrashuvining 66-daqiqasida "Aral" jamoasi futbolchisi Nizomiddin Ziyavutdinov hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nizomiddin Ziyavutdinovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
"Jayhun" — "Lokomotiv"
Pro liga chempionatining 18-turidan o‘rin olgan "Jayhun" — "Lokomotiv" uchrashuvining 90+2-daqiqasida "Jayhun" jamoasi murabbiyi Aybek Nurbaev hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Aybek Nurbaevga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Birinchi liga
"Qumqo‘rg‘on-1977" — "Xorazm FA"
Birinchi liga chempionatining 17-turidan o‘rin olgan "Qumqo‘rg‘on-1977" — "Xorazm FA" uchrashuvining 90+5-daqiqasida "Qumqo‘rg‘on-1977" jamoasi futbolchisi Suxrob Ergashev to‘p uchun kurashda oyog‘i bilan raqib futbolchisining oyog‘iga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Suxrob Ergashevga (Qumqo‘rg‘on-1977) 2 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) qo‘llanildi.
"Toshkent vil FA" — "Bunyodkor-farm"
Birinchi liga chempionatining 18-turidan o‘rin olgan "Toshkent vil FA" — "Bunyodkor-farm" uchrashuvining 58-daqiqasida "Toshkent vil FA" jamoasi futbolchisi Muslimbek Hasanov to‘psiz vaziyatda oyog‘i bilan raqib futbolchisining oyog‘iga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Muslimbek Hasanovga (Toshkent vil FA) 2 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) qo‘llanildi.
"Bog‘dod" — "Namangan FA"
Birinchi liga chempionatining 17-turidan o‘rin olgan "Bog‘dod" — "Namangan FA" uchrashuvida "Bog‘dod" jamoasi uchrashuvni tashkil qilishda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani aniqlangan. "Birinchi liga reglamenti"ning 13.1-bandidan kelib chiqib, futbol jamoasi reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, "Bog‘dod" klubiga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
"Lokomotiv-BFK" — "Tsementchi"
Birinchi liga chempionatining 17-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv-BFK" — "Tsementchi" uchrashuvida o‘yin video tasviri uchrashuv komissariga taqdim etilmagani qayd etildi.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, "Lokomotiv-BFK" klubiga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U-21 chempionati
"Andijon" U-21 — "Sho‘rtan" U-21
U-21 chempionatining 25-turidan o‘rin olgan "Andijon" U-21 — "Sho‘rtan" U-21 uchrashuvining 70-daqiqasida "Sho‘rtan" U-21 jamoasi futbolchisi Mahmud Jo‘raboyev hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mahmud Jo‘raboyevga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Uchrashuvning 78-daqiqasida "Sho‘rtan" jamoasi futbolchisi Azizbek Rajabboyev to‘p uchun kurashdan so‘ng oyog‘i bilan raqib futbolchisining bel qismiga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Azizbek Rajabboyevga (Sho‘rtan) 3 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) qo‘llanildi.
Shuningdek, "Sho‘rtan" U-21 jamoasi murabbiyi Komil Jo‘rayev hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Komil Jo‘rayevga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
86-daqiqaga kelib "Andijon" U-21 jamoasi futbolchisi Asadbek Xabibullayev hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Asadbek Xabibullayevga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
"Bunyodkor" U-21 — "Mash'al" U-21
U-21 chempionatining 26-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" U-21 — "Mash'al" U-21 uchrashuvining 90-daqiqasida "Mash'al" jamoasi futbolchisi Ahrorbek Rahimov to‘p uchun kurashda oyog‘ining tag qismi bilan raqib futbolchisining oyog‘iga zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ahrorbek Rahimovga (Mash'al) 2 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) qo‘llanildi.
"Mash'al" U-21 — "Xorazm" U-21
U-21 chempionatining 25-turidan o‘rin olgan "Mash'al" U-21 — "Xorazm" U-21 uchrashuvining 90-daqiqasida "Xorazm" U-21 jamoasi futbolchisi Jamshid Zeripbayev hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jamshid Zeripbayevga (Xorazm) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
"Neftchi" U-21 — OKMK U-21
U-21 chempionatining 25-turidan o‘rin olgan "Neftchi" U-21 — OKMK U-21 uchrashuvining 90+2-daqiqasida OKMK U-21 jamoasi futbolchisi Ali Rixsiboyev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ali Rixsiboyevga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
"Buxoro" U-21 — "So‘g‘diyona" U-21
U-21 chempionatining 26-turidan o‘rin olgan "Buxoro" U-21 — "So‘g‘diyona" U-21 uchrashuvining 77-daqiqasida "Buxoro" U-21 jamoasi futbolchisi Isomiddin Nusratov hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Isomiddin Nusratovga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
"Bunyodkor" U-21 — "Mash'al" U-21
U-21 chempionatining 26-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" U-21 — "Mash'al" U-21 uchrashuvining 85-daqiqasida "Bunyodkor" U-21 jamoasi futbolchisi Mirkamol Annamatov hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mirkamol Annamatovga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
77-daqiqada "Mash'al" U-21 jamoasi futbolchisi Vohidjon Oqbo‘taev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Vohidjon Oqbo‘taevga (Mash'al) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
"Dinamo" U-21 — "Xorazm" U-21
U-21 chempionatining 26-turidan o‘rin olgan "Dinamo" U-21 — "Xorazm" U-21 uchrashuvidan so‘ng "Dinamo" U-21 jamoasi futbolchisi Oybek Hamroqulov hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Oybek Hamroqulovga (Dinamo) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
"Mash'al" U-21 — "Qo‘qon-1912" U-21
U-21 chempionatining 26-turidan o‘rin olgan "Mash'al" U-21 — "Qo‘qon-1912" U-21 uchrashuvining 30-daqiqasida "Mash'al" U-21 jamoasi futbolchisi Suxrobjon Parmonqulov hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Suxrobjon Parmonqulovga (Mash'al) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
"Neftchi" U-21 — "Surxon" U-21
U-21 chempionatining 26-turidan o‘rin olgan "Neftchi" U-21 — "Surxon" U-21 uchrashuvining 63-daqiqasida "Neftchi" U-21 jamoasi futbolchisi Mujohidbek Olimov hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mujohidbek Olimovga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
86-daqiqada "Neftchi" U-21 jamoasi futbolchisi Nodirbek Karimov hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nodirbek Karimovga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U-19 chempionati
"Surxon" U-19 — "Qizilqum" U-19
U-19 chempionatining 20-turidan o‘rin olgan "Surxon" U-19 — "Qizilqum" U-19 uchrashuvining 83-daqiqasida "Qizilqum" U-19 jamoasi futbolchisi Ilhomjon Ro‘ziqulov hakamni haqorat qilgani uchun unga qizil kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ilhomjon Ro‘ziqulovga (Qizilqum) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
"Lokomotiv" U-19 — "FarDU" U-19
U-19 chempionatining 20-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" U-19 — "FarDU" U-19 uchrashuvining 86-daqiqasida "FarDU" U-19 jamoasi futbolchisi Ubaydulloh Muhammadov qanot hakami sha'niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun unga qizil kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ubaydulloh Muhammadovga (FarDU) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
"Andijon" U-19 — "Bunyodkor" U-19
U-19 chempionatining 20-turidan o‘rin olgan "Andijon" U-19 — "Bunyodkor" U-19 uchrashuvining 90+5-daqiqasida "Bunyodkor U-19" jamoasi futbolchisi Bunyodbek Bahodirov to‘p uchun kurashda raqib futbolchining yuziga qo‘li bilan urgani uchun unga qizil kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Bunyodbek Bahodirovga (Bunyodkor) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.