Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari: «Navbahor» futbolchisi 3, «Paxtakor» legioneri 2 o‘yinga chetlatildi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.
Superliga
“Sho‘rtan” — “Navbahor lochinlari”
Superliga 20-turidan o‘rin olgan uchrashuvning 70-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Muhammadbobur Mo‘ydinovga qizil kartochka ko‘rsatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, unga 3 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) va jarima intizomiy choralari qo‘llanildi.
“Andijon” — “Paxtakor”
Superliga 20-turidan o‘rin olgan uchrashuvning 90+7-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Shahzod Azmiddinovga qizil kartochka ko‘rsatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, unga 3 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) va jarima intizomiy choralari qo‘llanildi.
“Qizilqum” — “Bunyodkor”
Superliga 20-turidan o‘rin olgan uchrashuvning 58-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Muzaffar Olimjonovga qizil kartochka ko‘rsatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, unga 2 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) va jarima intizomiy choralari qo‘llanildi.
“Paxtakor” — “Neftchi”
Superliga 21-turidan o‘rin olgan uchrashuvning 24-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Flamaryon Jovino Filhoga qizil kartochka ko‘rsatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, unga 2 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) va jarima intizomiy choralari qo‘llanildi.
Superliga 21-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” — “Neftchi” uchrashuvida “Paxtakor” klubining “Telegram”dagi sahifasi orqali matnli translyatsiya davomida bir necha bor uchrashuv rasmiylariga nisbatan obro‘sizlantiruvchi fikrlar va hakam qarorlariga nisbatan e’tirozlar bildirildi. Vaholanki, “Paxtakor” klubi uchrashuvdan so‘ng belgilangan vaqt ichida hakamlik yuzasidan hech qanday rasmiy shikoyat kiritmagani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Paxtakor” klubiga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“Mash’al” — “Sho‘rtan”
Superliga 21-turidan o‘rin olgan “Mash’al” — “Sho‘rtan” uchrashuvida “Mash’al” klubining “Telegram”dagi sahifasi orqali matnli translyatsiya davomida bir necha bor uchrashuv rasmiylariga nisbatan obro‘sizlantiruvchi fikrlar va hakam qarorlariga nisbatan e’tirozlar bildirildi. Vaholanki, “Mash’al” klubi uchrashuvdan so‘ng belgilangan vaqt ichida hakamlik yuzasidan hech qanday rasmiy shikoyat kiritmagan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Mash’al” klubiga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“Sho‘rtan” — “Navbahor lochinlari”
Superliga 20-turidan o‘rin olgan “Sho‘rtan” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Shohmalik Komilovga sariq kartochka ko‘rsatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Shohmalik Komilovga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
Superliga 20-turidan o‘rin olgan “Sho‘rtan” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvida “Sho‘rtan” jamoasi futbolchisi Abubakr Rizo Turdiyaliyevga sariq kartochka ko‘rsatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Abubakr Rizo Turdiyaliyevga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“So‘g‘diyona” — “Dinamo”
Superliga 20-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” — “Dinamo” uchrashuvida “Dinamo” jamoasi murabbiyi Vadim Abramovga sariq kartochka ko‘rsatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Vadim Abramovga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“Andijon” — “Paxtakor”
Superliga 20-turidan o‘rin olgan “Andijon” — “Paxtakor” uchrashuvida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Ibrohim Ibragimovga sariq kartochka ko‘rsatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ibrohim Ibragimovga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“Qizilqum” — “Bunyodkor”
Superliga 20-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” — “Bunyodkor” uchrashuvida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Temurxo‘ja Abduxoliqovga sariq kartochka ko‘rsatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Temurxo‘ja Abduxoliqovga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
Superliga 20-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” — “Bunyodkor” uchrashuvida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Amir To‘raqulovga sariq kartochka ko‘rsatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Amir To‘raqulovga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
Superliga 20-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” — “Bunyodkor” uchrashuvida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Bobomurod Bozorovga sariq kartochka ko‘rsatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Bobomurod Bozorovga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
Superliga 20-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” — “Bunyodkor” uchrashuvida “Qizilqum” klubi reglament talablarini bajarmadi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Qizilqum” klubiga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“Surxon” — “Nasaf”
Superliga 20-turidan o‘rin olgan “Surxon” — “Nasaf” uchrashuvida “Surxon” jamoasi futbolchisi Dilshod Yo‘ldoshevga sariq kartochka ko‘rsatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Dilshod Yo‘ldoshevga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“Mash’al” — “Sho‘rtan”
Superliga 21-turidan o‘rin olgan “Mash’al” — “Sho‘rtan” uchrashuvida “Mash’al” jamoasi futbolchisi Zafarbek Akramovga sariq kartochka ko‘rsatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Zafarbek Akramovga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“Navbahor lochinlari” — “Surxon”
Superliga 21-turidan o‘rin olgan “Navbahor lochinlari” — “Surxon” uchrashuvida “Surxon” jamoasi murabbiyi Stanislav Kudryashovga sariq kartochka ko‘rsatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Stanislav Kudryashovga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
Superliga 21-turidan o‘rin olgan “Navbahor lochinlari” — “Surxon” uchrashuvida “Surxon” jamoasi murabbiyi Fevzi Davletovga sariq kartochka ko‘rsatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Fevzi Davletovga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“Qo‘qon-1912” — “Qizilqum”
Superliga 21-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” — “Qizilqum” uchrashuvida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Fayzullobek Jumonquzievga sariq kartochka ko‘rsatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Fayzullobek Jumonquzievga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.