Tarixda ilk bor O‘zbekiston mezbonlik qiladigan FIFA Series turnirining barcha ishtirokchilari ma’lum
Bellashuvlar bitta markazlashgan mezbon davlatda bo‘lib o‘tadi.
Фото: ЎФА
FIFA tomonidan har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan FIFA Series xalqaro futbol musobaqasi doirasida turli konfederatsiyalarga mansub milliy terma jamoalar o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etiladi. Musobaqa mini-turnirlar shaklida o‘tkazilib, har bir mini-turnirda to‘rt jamoa ishtirok etadi hamda bellashuvlar bitta markazlashgan mezbon davlatda bo‘lib o‘tadi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda ilk bor boʻlib oʻtadigan mazkur turnir ishtirokchilari rasman e’lon qilindi. Unga ko‘ra, mezbon O‘zbekistondan tashqari musobaqada Gabon, Trinidad va Tobago hamda Venesuela milliy terma jamoalari ishtirok etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist