locale OZ

“Talabalar ligasi” musobaqasining Respublika bosqichi davom etmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Talabalar ligasi” musobaqasining Respublika bosqichi davom etmoqda
FOTO: UzbekistanFA

Andijon shahrida oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘rtasida an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Talabalar ligasi” musobaqasining Respublika bosqichi davom etmoqda.

Ushbu turnir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Ushbu bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 16 jamoa 4 ta guruhga bo'lingan holda bahslarda ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa 22-mayga qadar davom etadi. Bugun chorak final bosqichiga start berildi. Natijalar bilan ushbu sahifa orqali tanishib borishingiz mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting