Taekvondo WT. Najmiddin Qosimhojiyev jahon chempioniga aylandi
Xitoyda taekvondo WT boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda.
FOTO: Getty Images
Xitoyda oʻtayotgan taekvondo WT boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi oltin medalga ega chiqdi.
-74 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda barcha raqiblarini magʻlub etgan Najmiddin Qosimhojiyev oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Najmiddin finalda braziliyalik Olimpiada va jahon chempionati sovrindori Edibal Pontesni magʻlub etib, erkaklar taekvondosida 10 yil kutilgan chempionlikni taqdim qildi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist