locale OZ

taekvando. Iroda Mirtojiyeva — Tayyuan ayollar ochiq chempionati sovrindoriga aylandi

Ahamiyatlisi, ilk kungi bellashuvlarda terma jamoamizning og'ir vaznli a'zosi Iroda Mirtojiyeva sovrindorlar qatoridan joy oldi. U +73 kg vazn toifasidagi bahslarda bronza medaliga sazovor bo'ldi.
taekvando. Iroda Mirtojiyeva — Tayyuan ayollar ochiq chempionati sovrindoriga aylandi
photo: taekvando Uzbekistan

Iroda Mirtojiyeva — Tayyuan ayollar ochiq chempionati sovrindoriga aylandi!

Bugun Xitoyning Tayyuan shahrida taekvondo WT bo'yicha ayollar o'rtasida "Taiyuan 2026 World Taekwondo Women's Open Championships" xalqaro ochiq chempionati start oldi. Musobaqada terma jamoamiz vakilalari ham ishtirok etayotgani haqida xabar bergandik.

Ahamiyatlisi, ilk kungi bellashuvlarda terma jamoamizning og'ir vaznli a'zosi Iroda Mirtojiyeva sovrindorlar qatoridan joy oldi. U +73 kg vazn toifasidagi bahslarda bronza medaliga sazovor bo'ldi.

1-o'rin.Uilyams Louren (🇬🇧Buyuk Britaniya)
2-o'rin. Hana Zarrinkamar Rubari (🇮🇷Eron)
3-o'rin. IRODA MIRTOJIYEVA (🇺🇿O'zbekiston)
3-o'rin. Lorena Brandl (🇩🇪Germaniya).

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting