Surxondaryoda «Besh tashabbus» paralimpiadasiga start berildi
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari, diplom bilan taqdirlandilar.
Фото: Спорт вазирлиги
Bugun Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi sport maktabida “Besh tashabbus” paralimpiadasining tuman bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning ochilish marosimida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi mas’ullari, Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi, tuman Sport maktabi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbar va xodimlari ishtirok etib, sportchilarga omad tiladilar.
Mazkur musobaqada 18 yosh va undan katta bo‘lgan nogironligi bor fuqarolar faol qatnashib, o‘zlarining sport mahorati va irodasini namoyon etdilar.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari, diplom bilan taqdirlandilar.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist