locale OZ

«Surxon» futbolchisi Farxodbek Salixjonov — Superligada debyut qildi

Superliganing 16-turi doirasida "Surxon" va "Navbahor" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda navbatdagi futbolchimiz Superligadagi debyutini nishonladi.
«Surxon» futbolchisi Farxodbek Salixjonov — Superligada debyut qildi
photo: Surxon fk

Superliganing 16-turi doirasida "Surxon" va "Navbahor" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda navbatdagi futbolchimiz Superligadagi debyutini nishonladi.

«U-21 jamoamiz safida ishonchli o‘yinlari bilan ajralib turgan Farxodbek Salixjonov "Navbahor"ga qarshi bahsning 80-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, asosiy jamoa safidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi.

Farxodbek Salixjonovning U-21 jamoamiz safidagi statistikasi:
2024-yil — 18 ta o‘yin, 5 ta gol
2025-yil — 18 ta o‘yin, 5 ta gol
2026-yil — 18 ta o‘yin, 3 ta gol

Yosh futbolchimizga Superligadagi faoliyatining boshlanishida omad tilaymiz va kelgusida jamoamiz safida yanada yorqin o‘yinlar namoyish etishiga ishonamiz!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting