locale OZ

«Surxon» Fevzi Davletovni isteʼfoga chiqardi, oʻrniga Kudryashov tayinlandi

Endilikda jamoani Stanislav Kudryashov boshqaradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Surxon” Fevzi Davletovni isteʼfoga chiqardi, oʻrniga Kudryashov tayinlandi
Фото: Сурхон ПФК

“Surxon” asosiy jamoasida murabbiylar shtabida oʻzgarishlar amalga oshirildi. Jamoa bosh murabbiyi Fevzi Davletov va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy Aleksey Nikolaev klubni tark etdi.

Fevzi Davletov soʻnggi ikki mavsum davomida termizliklarga ustozlik qildi. Uning qoʻl ostida jamoa 65ta rasmiy uchrashuv oʻtkazdi va Oʻzbekiston kubogining yarim final bosqichiga chiqishda yordam berdi.

Bosh murabbiy lavozimiga avval bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan va yoshlar futbolida katta obroʻga ega boʻlgan Stanislav Kudryashov tayinlandi.

"Klub nomidan Fevzi Rizaevich va Aleksey Vladimirovichga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz va ularga kelgusi faoliyatlarida omad tilaymiz", — deyiladi "Surxon" tarqatgan xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting