locale OZ

«Surxon» Fevzi Davletov va Aleksey Nikolaev bilan hamkorlik yakunlanganini e’lon qiladi

Uning qo‘l ostida jamoa 65ta rasmiy uchrashuv o‘tkazdi va O'zbekiston Kubogining yarim final bosqichiga o'tish uchun yordam berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Surxon» Fevzi Davletov va Aleksey Nikolaev bilan hamkorlik yakunlanganini e’lon qiladi
photo: Surxon fk

"Klubimiz asosiy jamoasida murabbiy shtabida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jamoa bosh murabbiyi Fevzi Davletov va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Aleksey Nikolaev klubni tark etdi.

Fevzi Davletov so‘nggi ikki mavsum davomida jamoamizga ustozlik qildi. Uning qo‘l ostida jamoa 65ta rasmiy uchrashuv o‘tkazdi va O'zbekiston Kubogining yarim final bosqichiga o'tish uchun yordam berdi.

Bosh murabbiy lavozimiga avval bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan va yoshlar futbolida katta obro’ga ega bo'lgan Stanislav Kudryashov tayinlandi. Keyinroq, yangilangan murabbiylar shtabining to'liq ro'yxatni e'lon qilamiz.

Klub nomidan Fevzi Rizayevich va Aleksey Vladimirovichga hamkorlik uchun minnatdorlik bildiramiz va ularga kelgusidagi faoliyatlarida omad tilaymiz",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting