locale OZ

«Surxon» - «Dinamo»: O‘zaro so‘nggi o‘yinlarda ustunlik kimda?

Jami 28 o‘yindan 13 bahsda «Dinamo»ning qo‘li baland kelgan.
«Surxon» - «Dinamo»: O‘zaro so‘nggi o‘yinlarda ustunlik kimda?
Фото: Динамо ПФК

Samarqand va Termiz klublari Oliy liga va Superliga tarixida 1992 yildan buyon jami 28 o‘yinda o‘zaro maydonga tushgan. Payshanba kungi o‘yin o‘zaro 29-to‘qnashuv sifatida tarixdan joy oladi.

Jami 28 o‘yindan 13 bahsda «Dinamo»ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 9 uchrashuvda «Surxon» ustun kelgan. 6 o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati – 38:34.

«Surxon» va «Dinamo» o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuvda Samarqand jamoasi 2025 yilda «Surxon»ni Termizda Firdavs Abdurahmonov va Jahongir Abdusalomovning goli evaziga 2:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting