locale OZ

«Surxon» Behruz Jumatovning transferini e’lon qildi

“Surxon” va Jumatov o‘rtasida 1 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Surxon» Behruz Jumatovning transferini e’lon qildi
Фото: Сурхон ПФК

“Surxon” safiga yana bir iqtidorli va yosh futbolchi qo‘shildi. Endi termizliklar safida Behruz Jumatov to‘p suradi.

U 19 yoshda, markaziy himoyachi pozitsiyasida o‘ynaydi, shuningdek, himoya qanotlarida ham harakatlana oladi. Futbolchi Odil Ahmedov Akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, avval “Olimpik”da o‘ynagan va o‘tgan mavsumni Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasida o‘tkazgan.

Ta’kidlash joizki, Jumatrov o‘z yoshidagi eng yaxshi himoyachilardan biri hisoblanadi. U O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida 20ta o‘yin o‘tkazgan va shundan so‘ng Yevropa klublarining e’tiborini tortgan.

“Surxon” va Jumatrov o‘rtasida 1 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.

Behruz Jumatrov
Tug‘ilgan sana: 13.02.2006
Fuqaroligi: O‘zbekiston
Amplua: markaziy himoyachi
O‘ynagan klublari
2023-2024 - Olimpiya
2024 - Olimpik
2025 - So‘g‘diyona.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting