«Surxon» 10 dan ortiq murabbiylar bilan shartnoma imzoladi
"Surxon" FK o'z oldiga bu yil O'zSLda chempionlik maqsadini qo'ygan.
Фото: Сурхон ПФК
«Surxon» FK 2026-yilgi mavsum uchun viloyatimizning 10 dan ortiq murabbiylari bilan shartnoma imzoladi.
Xabaringiz bor viloyatimizning bosh jamoasi hisoblanadigan "Surxon" FK o'z oldiga bu yil O'zSLda chempionlik maqsadini qo'ygan. Shu qatorda o'zining futbol akademiyasiga ham alohida e'tibor qaratmoqda. Shuning uchun turli tumanlarimizdan 10dan ortiq murabbiylar bilan yaqindan hamkorlik qilish maqsadida 2026-yilgi mavsum uchun mehnat shartnomalarini imzolashdi.
Endilikda barcha sport ta'lim muassasalaridan turli yoshdagi yosh futbolchilarimiz "Surxon" FK akademiyasida ham shug'ullanishi mumkin bo'ladi.
«Yaqin kunlar ichida ushbu futbol akademiyasi haqida batafsil ma'lumot beriladi», - deyiladi klub xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist