Superliganing 4 jamoasi jarimaga tortildi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.
Superliga
“Andijon” — “Qo‘qon-1912”
Superliganing 16-turi doirasidagi “Andijon” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvining 72-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Shahzod Azmiddinov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka oldi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra Shahzod Azmiddinovga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, ushbu uchrashuvni tashkil etishda, xususan, jamoalarni stadionga yetib kelishini tashkil qilishda mezbon jamoa tomonidan bir qator kamchiliklar aniqlandi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra “Andijon” klubiga nisbatan ham jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“So‘g‘diyona” — “Nasaf”
Superliga 16-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” — “Nasaf” uchrashuvining 75-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Suhrob Nurilloev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka oldi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Suhrob Nurilloevga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“Qizilqum” — “Buxoro”
Superliga 17-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” — “Buxoro” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Ilhomjon Vahobov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka oldi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ilhomjon Vahobovga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“Dinamo” — “Navbahor”
“Superliga va Pro-liga reglamenti”ning 18.7-bandida futbolchi va murabbiy uchrashuvdan oldin va keyin bo‘ladigan fleshintervyuda ishtirok etishi, shuningdek, o‘yindan keyin har bir futbolchi maxsus mikst-zona orqali stadionni tark etishi shart etib belgilangan. Biroq “Dinamo” jamoasi futbolchilari uchrashuvdan so‘ng maxsus mikst-zonadan harakatlanmagani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra “Dinamo” klubiga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“Xorazm” — “Surxon”
Superliganing 17-turi doirasidagi “Xorazm” — “Surxon” uchrashuvining 40-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Sunnatilla Poyonov to‘p uchun kurashda oyog‘ining tag qismi bilan raqib futbolchisining oyog‘iga zarba bergani uchun qizil kartochka oldi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Sunnatilla Poyonovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlatish va jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
Uchrashuvning 70-daqiqasida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Abbos Otaxonov to‘p uchun kurashda raqib futbolchisi oyog‘ining himoyalanmagan qismiga oyog‘ining tag qismi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka oldi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Abbos Otaxonovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlatish va jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“Navbahor” — “So‘g‘diyona”
17-tur doirasidagi “Navbahor” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 67-daqiqasida “So‘g‘diyona” jamoasi futbolchisi Xondamir Mustafoqulov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka oldi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Xondamir Mustafoqulovga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
90+5-daqiqada esa “So‘g‘diyona” jamoasi futbolchisi Zoir Jo‘raboev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka oldi. Unga nisbatan ham jarima intizomiy chorasi qo‘llanilgan.
“Superliga va Pro-liga reglamenti”ning 15.1-bandidan klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar etib belgilangan. “Navbahor” jamoasi uchrashuvni tashkil qilishda kamchilikka yo‘l qo‘ygani, jumladan, uchrashuv davomida stadion xodimi mezbon jamoa o‘rindig‘i oldida turib uchrashuvni kuzatib, maydonga yaqin holatda futbolchilarga ko‘rsatmalar berishga uringani va komissar ogohlantirishlariga qaramay u hududni tark etmagani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra “Navbahor” klubiga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“Buxoro” — “Xorazm”
Superliga chempionatining 18-turi doirasidagi “Buxoro” — “Xorazm” uchrashuvining 81-daqiqasida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Toma Tabatadze, 83-daqiqasida esa shu jamoa futbolchisi Marko Kolakovich hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun sariq kartochka oldi. Ularning har ikkisine nisbatan jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“Neftchi” — “Nasaf”
Superliganing 18-turi doirasidagi “Neftchi” — “Nasaf” uchrashuvining 24-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Farrux Sayfiyev to‘p uchun kurashda oyog‘i bilan raqib futbolchisi oyog‘ining boldir qismini bosgani uchun qizil kartochka oldi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Farrux Sayfiyevga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlatish va jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“Superliga va Pro-liga reglamenti”ning 15.1-bandida, klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar etib belgilangan. “Neftchi” klubi uchrashuvni tashkil qilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, shuningdek, klub matbuot kotibi akkreditatsiyasiz shaxslarni foto va media hududida faoliyat olib borishga ko‘maklashgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, klubga nisbatan jarima intizomiy chorasi belgilandi va klub matbuot kotibi kelgusida ushbu harakatlarni qayta takrorlasa, uning akkreditatsiyasi bekor qilinishi bo‘yicha ogohlantirildi.
OKMK — “Qizilqum”
Superliga 18-turidan o‘rin olgan OKMK — “Qizilqum” uchrashuvining 66-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Asror G‘afurov hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun sariq kartochka oldi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Asror G‘afurovga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“Dinamo” — “Paxtakor”
Superliganing 18-turi doirasidagi “Dinamo” — “Paxtakor” uchrashuvining 90-daqiqasida “Dinamo” jamoasi futbolchisi Firdavs Abdurahmonov raqib futbolchisiga nisbatan to‘psiz vaziyatda tajovuzkor harakati uchun qizil kartochka oldi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Firdavs Abdurahmonovga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlatish va jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
Uchrashuvning 90+9-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Hojimat Erkinov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka oldi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Hojimat Erkinovga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“Superliga va Pro-liga reglamenti”ning 15.1-bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar etib belgilangan. “Dinamo” klubi uchrashuvni tashkil qilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli jarima intizomiy chorasi belgilandi.
“Qo‘qon-1912” — “Surxon”
“Superliga va Pro-liga reglamenti”ning 16.7-bandida klub uchrashuv startidan 75 daqiqa avval elektron qaydnomaga futbolchilarning ismi-sharifi, raqamlari o‘sish tartibida hamda ampluasini, rasmiy shaxslar ismi-sharifi va lavozimini litsenziyada ko‘rsatilgani bo‘yicha Liga komissariga futbolchilar va klub rasmiylari litsenziyasini taqdim etishi talab etilgan. Mazkur uchrashuv avvalida “Surxon” jamoasi futbolchi va rasmiylarining barcha litsenziya hamda akkreditatsiyalari ehtiyotsizlik sabab qolib ketgani oqibatida mehmon jamoa uchrashuvni litsenziyalarsiz o‘tkazgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Surxon” klubiga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“Xorazm” — “Qizilqum”
“Superliga va Pro-liga reglamenti”ning 18.7-bandida futbolchi va murabbiy uchrashuvdan oldin va keyin bo‘ladigan flesh intervyuda ishtirok etishi, shuningdek, o‘yindan keyin har bir futbolchi maxsus mikst-zona orqali stadionni tark etishi shart etib belgilangan. Mazkur uchrashuv yakunlangandan so‘ng “Xorazm” jamoasi futbolchisi Vladimir Buban'ya komissarning mikst-zonada o‘tish bo‘yicha talabni bajarmagan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Vladimir Buban'yaga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“Navbahor” — “Neftchi”
Superliga 19-turidan o‘rin olgan “Navbahor” — “Neftchi” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Muhsin Ubaydullaev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka oldi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Muhsin Ubaydullaevga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
“Qo‘qon-1912” — “Surxon”
Superliga 19-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” — “Surxon” uchrashuvining 7-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Asilbek Jumayev, 36-daqiqada esa “Surxon” jamoasi futbolchisi Behzod Shamsiyev hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun sariq kartochka oldi. Ularning har ikkisine nisbatan jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.
Pro-liga
“Olimpik” — “Lokomotiv”
Pro-liga chempionatining 11-turi doirasidagi “Olimpik” — “Lokomotiv” uchrashuvining 86-daqiqasida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Kirill Todorov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka oldi.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Kirill Todorovga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.