locale OZ

Superliga–2026 mavsumidan avval “Surxon\" va OKMK jamoalari uchun maxsus seminar o‘tkazildi.

Superliganing 2026-yilgi mavsumi oldidan bunday tushuntirish ishlari barcha jamoalar uchun tashkil qilinadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga–2026 mavsumidan avval “Surxon" va OKMK jamoalari uchun maxsus seminar o‘tkazildi.
photo: UzFHM


Vladislav Seytlin ishtirokida 2026-yilgi Superliga mavsumi oldidan “Surxon" va OKMK jamoalari uchun maxsus seminar tashkil etildi.

Tadbir yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘yin jarayonidagi yangilangan talablarga moslashish hamda hakamlik qarorlaridagi o‘zgarishlar yuzasidan batafsil tushuntirish berish maqsadida o‘tkazildi.

Seminar davomida:

🔹 2026-yilgi mavsumdan boshlab kuchga kiradigan yangi qoidalar va reglamentdagi o‘zgarishlar;
🔹 Hakamlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar mezonlari;
🔹 VAR bilan bog‘liq tartib va protseduralar;
🔹 Qo‘pollik, qo‘l bilan o‘ynash, ofsayd va intizomiy jazolar bo‘yicha yangilangan talqinlar;
🔹 Texnik hudud madaniyati va murabbiylar shtabi uchun belgilangan talablar bo‘yicha batafsil taqdimot va amaliy misollar orqali tushuntirishlar berildi.

Instruktorlar o‘yin davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlarni videolavhalar orqali tahlil qilib, futbolchilar va murabbiylarga yangi mavsumda hakamlar qanday mezon asosida qaror qabul qilishini aniq misollar bilan ko‘rsatib berdi.

Mazkur seminar yangi mavsum oldidan klub vakillari bilan ochiq muloqot o‘rnatish, bahsli vaziyatlar sonini kamaytirish va o‘yin sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Superliganing 2026-yilgi mavsumi oldidan bunday tushuntirish ishlari barcha jamoalar uchun tashkil qilinadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting