locale OZ

Superliga. «Qo‘qon-1912» so‘nggi turda «So‘g‘diyona» ustidan zafar quchdi

"Qo‘qon-1912" Superligada qolish uchun o‘tish bahslarida ishtirok etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. "Qo‘qon-1912" so‘nggi turda "So‘g‘diyona" ustidan zafar quchdi
Фото: Қўқон-1912 ПФК

O‘zbekiston chempionati 30-turida "Qo‘qon-1912" klubi o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ni qabul qildi.

Bellashuv 2:0 hisobida qo‘qonliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shahzod Akramov va Yegor Kondratyuk gollarga mualliflik qildi.

Mehmonlar safida Islom Qobilov 10-daqiqada maydondan chetlatildi.

Shu tariqa, "Qo‘qon-1912" Superligada qolish uchun o‘tish bahslarida ishtirok etadi. "So‘g‘diyona" esa 8-o‘rinda qoldi.

Superliga. 30-tur

"Qo‘qon-1912" 2:0 "So‘g‘diyona"

Gollar: Shahzod Akramov, 24 (1:0), Yegor Kondratyuk, 90+1 (2:0)

Chetlatish: Islom Qobilov 10

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting