Superliga. «Paxtakor» Toshkentda «So‘g‘diyona»ni mag‘lub etdi
Photo: SOGDIANA JIZZAKH
Superliga 19-turida "Paxtakor" "So‘g‘diyona"ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ibrohim Ibragimov 14-daqiqada penaltidan hisobni ochdi. 74-daqiqada Hojiakbar Alijonov supergoli bilan oradagi farqni ikkiga oshirdi. O‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi - 2:0.
"Paxtakor" 33 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarildi. "So‘g‘diyona" 20 ochko bilan 11-pog‘onada.
Superliga. 19-tur
Paxtakor – So‘g‘diyona 2:0
Gollar: Ibrohim Ibragimov, 14 (1:0), Hojiakbar Alijonov, 74 (2:0)
Bahrom Bobonov
Redaktor