locale OZ

Superliga. \"Paxtakor\" Toshkentda \"Sho'rtan\"dan ustun keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. "Paxtakor" Toshkentda "Sho'rtan"dan ustun keldi
Photo: Shurtan PFK

Superliga 7-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Sho'rtan" bahsi yakunlandi. O‘yin 1:0 hisobida “sherlar”ning g‘alabasi bilan yakun topdi.

Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona golga 4-daqiqada Igor Sergeyev mualliflik qildi. Ammo mezbonlar uchrashuvni bir kishi kam holatda tugatishdi. “Paxtakor” posboni Vladimir Nazarov qizil kartochka olib maydondan chetlatildi.

Natijada “Paxtakor” ochkolari sonini 9 taga yetkazib, turnir jadvalida ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. “Sho'rtan” hamon so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Superliga. 7-tur

“Paxtakor” 1:0 “Sho'rtan”

Gol: Sergeyev 4.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting