Superliga. «Paxtakor» OKMKga imkoniyat qoldirmadi
Superliga 5-turida "Paxtakor" o‘z maydonida OKMKni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
"Sherlar" safida Flamarion, Doston Hamdamov va Muhammadqodir Hamraliev gollarga mualliflik qildi. OKMKdan Aziz Holmurodov yagona javob to‘pini kiritdi.
Shu tariqa, "Paxtakor" 12 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarildi. OKMK esa 4 ochko bilan 13-pog‘onada qolmoqda.
Superliga. 5-tur
"Paxtakor" — OKMK — 3:1
Gollar: Flamarion 21 (1:0), Dostonbek Hamdamov 45+1 (2:0), Aziz Holmurodov 46 (2:1), Muhammadqodir Hamraliev 62 (3:1).
"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Muhammadrasul Abdumajidov, Hojiakbar Alijonov, Muhammadqodir Hamraliev, Sherzod Nasrullaev, Dostonbek Hamdamov (Hojimat Erkinov, 72), Flamarion (Abdurauf Bo‘riyev, 81), Sardor Sobirxo‘jaev (Bashar Resan, 72), Oybek Bozorov (Ibrohim Ibragimov, 72), Akmal Mozgovoy, Rustam Turdimurodov (Pyotr Pajishek, 64).
OKMK: Hamidullo Abdunabiev, Avazbek Olmasaliev (Shahzod Toirov, 59), Dilshodbek Ahmadaliev, Saidakzalxon Axrorov, Abror Karimov, Giorgi Papava, Aziz Holmurodov, Arihiro Sentoku (Ali Abdurahmonov, 77), Nodirbek Abdurazzoqov (Hazratjon Tursunqulov, 87), Asadbek Sobirjonov (Rian Islomov, 77), Siavash Haqnazariy (Urosh Koiych, 77).