Superliga. «Paxtakor» - OKMK uchrashuvi prevyusi
Photo: Pakhtakor PFK
"Paxtakor" Superliganing 17-tur doirasida 5 avgust kuni OKMKni qabul qiladi.
Hozirga qadar chempionatlar tarixida jamoalar 35 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. 23 bellashuvda "Paxtakor" g‘alaba qozongan. 5 bahsda durang qayd etilgan bo‘lsa, 7 marta Olmaliq klubi zafar quchgan.
"Sherlar" 60 ta to‘p kiritib, 27 ta gol o‘tkazib yuborgan. 7 muvaffaqiyatni toshkentliklar yirik g‘alaba bilan qo‘lga kiritishgan. Toshkentda o‘tgan 17 o‘yinning 10 tasida "Paxtakor" ustun kelgan. 5 to‘qnashuvda durang qayd etilib, ikki bor olmaliqliklar g‘alaba qozongan.
"Paxtakor" va OKMK jamoalari o‘rtasidagi 17-tur o‘yini 5 avgust, seshanba kuni soat 20:00da "Jar" stadionida boshlanadi.
Bahrom Bobonov
Redaktor