locale OZ

Superliga. OKMK o‘z maydonida «Xorazm»dan ustun keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. OKMK o‘z maydonida «Xorazm»dan ustun keldi
Фото: ОКМК

O‘zbekiston chempionatida 20-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi.

Olmaliqda OKMK klubi “Xorazm”ni qabul qildi. Mazkur bahsda mezbonlar raqibini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Mezbonlar safida uch gol muallifi Aziz Holmurodov, Giorgi Papava va Naoki Senaga bo‘ldi. Mehmonlarning yagona goli esa Murod Bobojonov nomiga qayd etildi.

Bu g‘alabadan so‘ng “konchilar” 37 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining 4-pog‘onasiga chiqib oldi. “Xorazm” esa 19 ochko bilan 12-o‘rindan joy olgan.

Superliga. 20-tur.
OKMK — Xorazm 3:1
Gollar: Holmurodov 8, Papava 72, Senaga 89 — Bobojonov 15.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting