locale OZ

Superliga. OKMK – «Navbahor». Prev'yu

Uchrashuv soat 18:00 da start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. OKMK – «Navbahor». Prev'yu
Фото: Навбаҳор ПФК

O‘zbekiston Superligasi 28-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” Olmaliqda OKMK klubiga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur raqiblar shu kungacha milliy chempionatlarimizda 35 marta to‘qnash kelishgan. O‘zaro o‘yinlarda olmaliqliklar 14 marta, namanganliklar esa 10 marta g‘alaba qozongan. Yana 11 uchrashuvda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 45:44, “Navbahor” foydasiga.

O‘zaro o‘yinlarda olmaliqliklar 53 ochkoni, “lochchilar” esa 41 ochkoni qo‘lga kiritishgan.
Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, Superliga (oliy liga)dagi qarama-qarshilik 2008-yilda boshlangan. O‘sha yili Namanganda o‘tgan ilk bahsda namanganliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan. Olmaliqdagi javob o‘yinida esa jamoalar durang natija qayd etishgan – 1:1.

Jamoalarning o‘zaro barcha o‘yinlari natijalari:
2008-yil
“Navbahor” - OTMK - 2:0 (1:0)
Gollar: Sh.Mirholdirsheyev (25), D.Hojiev (85).
OTMK – “Navbahor” - 1:1 (0:1)
Gollar: Sh.Mullajonov (66) - Sh.Sharipov (10).
2009-yil
“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:0
“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:0 (1:0)
Gollar: S.Usmonxo‘jayev (27), B.Haydarov (72-pen.).
2010-yil
“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1 (0:0)
Gollar: I.Ergashev (64), M.Mamazulomov (85) - G‘.Jo‘rayev (51).
“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:1 (0:0)
Gol: N.Otaqo‘ziyev (68).
2011-yil
“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:1 (0:0)
Gol: Z.Pirimov (80).
“Olmaliq” – “Navbahor” - 0:3 (0:1)
Gollar: A.Sultonov (42,67), A.Abdullayev (88).
2012-yil
“Olmaliq” – “Navbahor” - 1:0 (1:0)
Gol: A.Vostrikov (7).
“Navbahor” – “Olmaliq” - 3:1 (2:0)
Gollar: S.Hamidov (8,20), J.Irismetov (60) - S.Berdiev (74).
2013-yil
“Olmaliq” – “Navbahor” - 3:4 (1:1)
Gollar: Sh.Erkinov (6), D.Turopov (52), Ye.Gogol (81) - A.Bahriddinov (28,54), R.Ahmedov (67,70).
“Navbahor” – “Olmaliq” - 1:3 (1:3)
Gollar: S.Hamidov (5) - O.Jo‘raboyev (23), S.Shoahmedov (32,35).
2014-yil
“Navbahor” – “Olmaliq” - 3:1 (2:1)
Gollar: B.Oqubov (36), Sh.Erkinov (39,63) - Sh.Hakimov (28).
“Olmaliq” – “Navbahor” - 3:1 (1:1)
Gollar: A.Isroilov (6),S.Shoahmedov (52,83) - Sh.Erkinov (31).
2015-yil
“Navbahor” – “Olmaliq” - 2:2 (1:1)
Gollar: Sh.Erkinov (38,68) - Sh.Salomov, (45+2), A.Omonov (59).
“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1 (1:0)
Gollar: S.Quttiboyev (5,65) - D.Jabborov (69).
2016-yil
“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1 (2:0)
Gollar: A.Omonov (4), F.Tojiev (22) - A.Rajabov (71).
“Navbahor” – “Olmaliq” - 3:3 (0:2)
Gollar: A.Abdullayev (47), I.Isoqjonov (49), A.Mahmudov (72) - X.Muxtorov (7), M.Isayev (28), A.Amanov (50).
2017-yil
“Olmaliq” – “Navbahor” – 2:1 (1:0)
Gollar: S.Rixsiboyev (13), I.Yelich (89) – O.O‘runov (90).
“Navbahor” – “Olmaliq” – 1:1 (0:0)
Gollar: N.Yovanovich (83) – Sh.Mullajonov (90+2).
2018-yil
AGMK – “Navbahor” – 1:2 (0:0)
Gollar: Z.Polvonov (82) – A.Turg‘unboev (50), D.Jabborov (90+2).
“Navbahor” – AGMK – 1:0 (1:0)
Gol: D.Stanoevich (15).
2019-yil
AGMK – “Navbahor” - 1:1 (0:1)
Gollar: Sh.Norbekov (90+3) – A.Kasyan (7).
“Navbahor” – AGMK – 0:1 (0:1)
Gol: Z.Polvonov (41).
2020-yil
AGMK – “Navbahor” - 1:1 (0:1)
Gollar: Y.Jokich (90+2) – A.Turg‘unboev (22).
“Navbahor” – AGMK – 0:0
2021-yil
AGMK – “Navbahor” – 2:1 (1:1)
Gollar: S.Tursunov (26-pen.), Sh.Gadoev (71) – S.Stoyanovich (44-pen.).
“Navbahor” – AGMK – 0:0.
2022-yil
AGMK – “Navbahor” – 1:2 (0:1)
Gollar: Sh.Gadoev (49) – J.Iskanderov (11), Z.Marushich (81).
“Navbahor” – AGMK – 3:1 (1:0)
Gollar: J.Iskanderov (11-pen.), D.Abdumannopov (53), Y.Jokich (77) – M.Mirahmadov (82).
2023-yil
OKMK – “Navbahor” – 2:1 (0:0)
Gollar: Sh.Jo‘rabekov (64-avtogol), R.Sanches (75) – J.Iskanderov (57-pen.).
“Navbahor” – OKMK – 0:0
2024-yil
“Navbahor” – OKMK – 1:1 (1:1)
Gollar: T.Tabatadze (11) – S.Rahmonov (18).
OKMK – “Navbahor” – 2:1 (1:0)
Gollar: Kleydi Datsi (18), Mixael Klepach (90+7)-Filip Ivanovich (74)
2025-yil
“Navbahor” – OKMK – 3:0 (2:0)
Gollar: Zabiҳillo O‘rinboev (6), Gilerme Gedes (35), Pedro (90+6).

Mazkur klublarning Olmaliqda o‘tgan bahslariga nazar tashlasak, 17 ta uchrashuvning 10 tasida mezbonlar g‘alaba nashidasini surishgan bo‘lsa, namanganliklar 4 marta zafar quchgan. Uchtasida esa tomonlar murosa yo‘lini tanlashgan. To‘plar nisbati 28:22, OKMK foydasiga.

Eslatib o‘tamiz, OKMK – “Navbahor” uchrashuvi bugun Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida soat 18:00 da start oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting