Superliga. «Neftchi» - «Nasaf». Prev'yu
Bugun Superliganing 8-tur bahsida Islombek Ismoilov boshqaruvidagi sevimli “Neftchi” jamoamiz Qarshining “Nasaf” klubini qabul qiladi.
Statistik ma'lumot:
“Neftchi” hamda “Nasaf” jamoalari Superliga musobaqalari doirasida shu kungacha 54 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. Ulardan 20 tasida “Neftchi” ustun kelgan, 12 ta bellashuvda jamoalar murosa yo‘lini tanlashgan va 22 ta bahsda “Nasaf” g‘alaba qozongan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati 59–68 qarshiliklar foydasiga.
Eng yirik g‘alabalar:
23.05.1999
“Neftchi” — “Nasaf” 4:0
23.08.2003
“Nasaf” — “Neftchi” 4:1
Farg‘onada kechgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari:
11.08.2025
“Neftchi” — “Nasaf” 1:0
22.11.2024
“Neftchi” — “Nasaf” 2:0
02.07.2023
“Neftchi” — “Nasaf” 2:1
22.06.2022
“Neftchi” — “Nasaf” 1:1
22.09.2018
“Neftchi” — “Nasaf” 3:1
Eslatib o‘tamiz, “Istiqlol” markaziy o‘yingohidagi “Neftchi” — “Nasaf” bellashuvida Shavkat Nasibullaev boshchiligidagi hakamlar guruhi faoliyat yuritadi. Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.