Superliga. «Nasaf» voha derbisida «Sho‘rtan»dan ustun keldi
Photo: Nasaf PFk
Superliga 19-turida "Nasaf" klubi "Sho‘rtan"ni qabul qildi.
Voha derbisida "ajdarlar" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollar Sharof Muhitdinov va Sherzod Nasrullaev tomonidan kiritildi.
Natijada Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari 40 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. "Sho‘rtan" esa 10 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallagan.
Superliga. 18-tur
"Nasaf" 2:0 "Sho‘rtan"
Gollar: Sharof Muhitdinov, 61 (1:0), Sherzod Nasrullaev, 65 (2:0)
Bahrom Bobonov
Redaktor