Superliga klublari tahlilchilari uchun seminar tashkil etildi
Professional futbol ligasi va Hudl kompaniyasi hamkorligida 24–25 mart kunlari Superliga klublari tahlilchilari uchun ikki kunlik seminar tashkil etildi.
Liga xabariga ko‘ra, seminar davomida Hudl vakillari klublarga taqdim etilgan qurilmalar va platformalar, ularning afzalliklari hamda ulardan samarali foydalanish usullari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Sessiyalar jarayonida ishtirokchilarga Hudl Statsbomb, Hudl Statsbomb Live, Hudl Wyscout, Hudl Sportscode, Hudl Studio va Hudl Replay platformalari, shuningdek, Focus Outdoor kameralaridan foydalanib tahlil jarayonini qanday yengillashtirish va murabbiylar uchun statistik ma’lumotlar ko‘lamini kengaytirish mumkinligi tushuntirildi.
Qayd etilishicha, Hudl bilan tuzilgan kelishuvga muvofiq, yil davomida ham klublar tahlilchilari uchun turli seminar va vebinarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.