locale OZ

Superliga. «Bunyodkor» derbida «Lokomotiv» ustidan g‘alaba qozondi

Zeytullaev jamoasi 3-o‘ringa ko‘tarildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Bunyodkor» derbida «Lokomotiv» ustidan g‘alaba qozondi
Фото: Локомотив ПФК

O‘zbekiston Superligasining 5-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” — “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv yakuniga yetdi.

Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mezbonlar “Lokomotiv” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Bahs maydon egalari ustunligida o‘tdi va ular 2:0 hisobida zafar quchdi.

Bu natijadan so‘ng “Bunyodkor” 10 ochko bilan Superliga turnir jadvalida 3-pog‘onani egallab turibdi, 7 ochkoga ega “Lokomotiv” esa 6-o‘rinda joylashdi.

O‘zbekiston Superligasi. 5-tur
“Bunyodkor” — “Lokomotiv” 2:0
Gollar: 1:0 — Yo‘ldoshev (14), 2:0 — Bugarin (44).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting