locale OZ

Superkubok-2026. Uzklasiko uchun chiptalar 11-martdan sotuvga chiqariladi

Sektorlar uchun chiptalar Bobur arena kassalarida sotilishi rejalashtirilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superkubok-2026. Uzklasiko uchun chiptalar 11-martdan sotuvga chiqariladi
Фото: UzPFL

Neftchi va Paxtakor klublari Superliga 3-turidan o‘rin olgan o‘z uchrashuvlarini 10-mart kuni o‘tkazadi. Shundan keyin har ikki klub Andijon mezbonlik qiladigan Superkubok bellashuvi uchun tayyorgarlik boshlaydi.

Liga bayrog‘i ostida o‘tkaziladigan Superkubok o‘yini uchun chiptalar 11-mart kuni sotuvga chiqadi. Ayni vaqtda Liga har ikki klub vakillari bilan muzokara olib borayotgan bo‘lib, ularning taklifi bilan ayrim sektorlar uchun chiptalar nafaqat Andijon, balki Farg‘ona va Toshkent shaharlarida ham yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Farg‘onalik muxlislarga 1—15 sektorlar uchun chiptalar xarid qilish, toshkentlik muxlislarga esa 19-32 (1A) sektorlarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi. 16—18 sektorlar uchun chiptalar, shuningdek, klublarning taklifidan kelib chiqib, ular uchun ajratilgan boshqa ayrim sektorlar uchun chiptalar Bobur arena kassalarida sotilishi rejalashtirilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting