locale OZ

Superkompyuter JCH g‘olibligi uchun taxminlarni yangiladi

Fransiya asosiy favorit.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superkompyuter JCH g‘olibligi uchun taxminlarni yangiladi
ФОТО: Getty images

Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionatida g‘oliblik uchun asosiy favorit sifatida Fransiya terma jamoasini ko‘rsatmoqda.

Yarim finallar oldidan yangilangan prognozga ko‘ra, Fransiyaning chempionlik ehtimoli 33,81 foizga baholangan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Ispaniya ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Ispaniyaning bosh sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati 24,16 foiz deb baholangan.

Keyingi o‘rinlarda Angliya (21,97 foiz) va Argentina (20,06 foiz) joylashgan. Jahon chempionatining yarim final bosqichida Fransiya joriy yilning 14 iyul kuni Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. 15 iyul kuni esa Argentina Angliya bilan final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting