locale OZ

Superkompyuter Jahon chempionati-2026 g‘olibini bashorat qildi

Hisob-kitoblarga ko‘ra, mundialda g‘olib chiqish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan jamoa — Ispaniya terma jamoasidir.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superkompyuter Jahon chempionati-2026 g‘olibini bashorat qildi
ФОТО: Getty images

Opta tahlilchilari superkompyuterni ishga tushirib, terma jamoalarning Jahon chempionatida g‘alaba qozonish imkoniyatlarini hisoblab chiqishdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mundialda g‘olib chiqish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan jamoa — Ispaniya terma jamoasi. «Qizil furiya»ning zafar quchish ehtimoli 16,12% ni tashkil etadi.

Jahon chempionatining eng kuchli 10 ta da’vogar jamoalari quyidagilar:

1. Ispaniya – 16,1%.
2. Fransiya – 13%.
3. Angliya – 11,2%.
4. Argentina – 10,4%.
5. Portugaliya – 7%.
6. Braziliya – 6,6%.
7. Germaniya – 5,1%.
8. Niderlandiya – 3,6%.
9. Norvegiya – 3,5%.
10. Belgiya – 2,4%.


Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Turnirda 48 ta jamoa to‘rttadan 12 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting