Superkompyuter APLning chempionlik uchun kurashda favoritini aniqladi
"Arsenal" bu borada hamon yetakchi.
ФОТО: Getty images
Opta superkompyuteri Angliya Premyer-ligasining 9-turidan so‘ng chempionlik uchun asosiy da’vogarni aniqladi.
Unga ko‘ra, Londondagi “Arsenal” jamoasining chempion bo‘lish ehtimoli 66,86% ni tashkil etmoqda. “Manchester City”ning g‘alaba ehtimoli 13,10% bo‘lsa, amaldagi chempion “Liverpool”niki esa 11,09% deb baholangan.
9-tur natijalariga ko‘ra, APL jadvalida 22 ochko bilan “Arsenal” peshqadamlik qilmoqda. 18 ochko jamg‘argan “Bournemouth” ikkinchi o‘rinda, shuningdek, 17 ochkodan to‘plagan “Tottenham Hotspur” va “Sunderland” ham kuchli to‘rtlikdan joy olgan.