Sulshyer «MYu»ni vaqtinchalik boshqarishga tayyor
Norvegiyalik mutaxassis hozirda ishsiz.
ФОТО: Getty images
"Manchester Yunayted" Ruben Amorim bilan xayrlashganidan so'ng bosh murabbiy topish ustida ish olib bormoqda.
Manchester World nashrining xabar berishicha, Ole Gunnar Sulshyer "Manchester Yunayted" murabbiylik kursisiga qaytishga qiziqish bildirgan.
Qayd etilishicha, norvegiyalik "qizil iblislar"ga vaqtinchalik, mavsum oxirigacha murabbiy bo'lishga tayyor.
Ayni paytda Ole Gunnar Sulshyer ishsiz. Yoz oxirida mutaxassis "Beshiktosh"ni tark etgandi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" APL jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist