locale OZ

Sulsher «Ipsvich Taun» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Shuningdek, Gari O'Nil nomzodi ham koʻrib chiqilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sulsher «Ipsvich Taun» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher va «Strasburg» ustozi Gari O'Nil faoliyatini «Ipsvich Taun» klubida davom ettirish imkoniyatiga ega. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Avvalroq Saffolk grafligi jamoasini Kiran Makkenna boshqargan boʻlib, u oʻtgan mavsum yakunlariga koʻra ushbu jamoani Angliya Premyer-ligasiga olib chiqqan va faoliyatida tanaffus qilishni istab, klubni tark etgan edi.

Sulsherning murabbiylik roʻyxatida «qizil iblislar»dan tashqari «Molde», «Kardiff Siti» va «Beshtiktosh» klublari ham bor. Gari O'Nil esa muqaddam «Bornmut» va «Vulverxempton» jamoalarida faoliyat yuritgan.

«Ipsvich Taun» oʻz tarixi davomida Angliya kubogi hamda UEFA kubogini qoʻlga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting