Suhrob Sarimsoqov – «Guliston» U-19 jamoasi bosh murabbiyi
Sarimsoqov bunga qadar bolalar-o‘smirlar sport maktabida ham yoshlarga futbol sir-asrorlarini o‘rgatib kelayotgandi.
photo: Guliston FK
«Guliston» PFK rahbariyati 2026 yilgi mavsumda mahalliy yosh o‘yinchilarni tarbiyalash va ularni asosiy jamoaga tayyorlash masalasiga ham e’tiborni yanada oshirmoqda.

Shu maqsadda, U-19 jamoasi tashkil etilib, liga musobaqasida ishtirok etadi. Endilikda bu jamoani Suhrob Sarimsoqov boshqaradi.
Sarimsoqov bunga qadar bolalar-o‘smirlar sport maktabida ham yoshlarga futbol sir-asrorlarini o‘rgatib kelayotgandi.
Ishonamizki, yangi murabbiy qo‘l ostida «Guliston» U19 jamoasi asosiy jamoaga yangi iqtidorlarni kashf etishda davom etadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor