locale OZ

Suhrob Izzatov «Xorazm»ga o‘tmoqda

Bunga qadar Izzatov 2024 yildan beri jizzaxliklar safida to‘p surib kelayotgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Suhrob Izzatov «Xorazm»ga o‘tmoqda
Фото: Сўғдиёна ПФК

“Xorazm” jamoasi yozgi transfer vaqtida tarkibni keskin kuchaytirishga bel bog‘lagan.

Sports24.uz xabar berishicha, birinchi davrani “So‘g‘diyona”da o‘tkazgan yarim himoyachi Suhrob Izzatov faoliyatini “Xorazm”da davom ettiradi.

Futbolchi allaqachon jamoaning Toshkentdagi yig‘iniga kelib qo‘shilgan va tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Bunga qadar Izzatov 2024 yildan beri jizzaxliklar safida to‘p surib kelayotgan edi. Ungacha u “Bunyodkor” sharafini himoya qilgan.

Joriy mavsumda ham “So‘g‘diyona” libosida Superligada 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 533 daqiqa harakat qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting